
Gvardiola: "Klopp boshqa murabbiylar kabi mening raqibim"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan munosabatlari haqida gapirdi.
"Men Kloppni juda hurmat qilaman. Albatta, u boshqa murabbiylar kabi mening raqibim. Ammo bu narsa uning faoliyatiga va futbol uchun qilgan ishlariga katta hurmat bilan qarashimga to‘sqinlik qilmaydi", - deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi "shaharliklar" matbuot xizmati.
Angliya premer-ligasining 29-turida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qiladi.
Ushbu o‘yin oldidan mezbonlar turnir jadvalida ikkinchi, mehmonlar esa oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar