Gvardiola Kloppga tan berdi
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kecha bo‘lib o‘tgan "Liverpul"ga qarshi (1:0) bahsda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng hamkasbi Yurgen Kloppga nisbatan iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Bugun bizni rejalarimiz o‘xshamadi, ammo, menga "Liverpul"ning o‘yini juda yoqdi. Balkim Klopp maydonda haqiqiy hujumkor jamoani shakllantira oladigan yagona murabbiy bo‘lsa kerak.
"Liverpul" to‘psiz holatda ham, to‘p bilan ham birdek faol harakat qila oladi. O‘ylaymanki bunaqa hujumkor jamoa dunyoda yagona bo‘lsa kerak", - deydi Gvardiola Sky Sportsga bergan intervyusida.
Fikrlar