Gvardiola klubning yanvardagi transferlariga munosabat bildirdi

  • 19 yanvar, 15:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klubning qishki transferlar oynasi davrida faollik ko‘rsatayotganiga munosabat bildirdi.

- O‘tgan mavsumdayoq ertami-kechmi transfer bozorida faollikni oshirishimizga to‘g‘ri kelishini his qilgandik. Hozir shu bilan mashg‘ulmiz.

Agar barcha futbolchilar yuqori sport formasida bo‘lganida bu ishni qilmasdik. Biroq bugungi kunda bizning ixtiyorimizda bir yoki ikkita markaziy himoyachi bor, bundan ko‘p emas, - dedi ispaniyalik mutaxassis.

“Manchester Siti” mutasaddilari yanvar oyida uchta transfer bo‘yicha ish olib bordi. Xususan, “Lans” va “Palmeyras” markaziy himoyachilari Abduqodir Husanov va Vitor Reys “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tadigan bo‘ldi.

Shuningdek, “shaharliklar” hujum chizig‘iga “Ayntraxt” to‘purari Umar Marmushni ham olib kelishni uddalagani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!