Gvardiola "Manchester Siti"dan yana bir futbolchini "haydamoqchi"
Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa hujumchisi Kelechi Ixenachoga “shaharliklar” tarkibidan ketib, faoliyatini “Lester”da davom ettirishga qaror qilgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
“Kelechi – yosh futbolchi. Uning yoshida barqaror o‘yin amaliyoti juda muhim. Shu bois biz klub rahbariyati bilan kelishgan holda uni jamoadan ketishi eng to‘g‘ri yo‘l deb hisobladik”, - deydi ispaniyalik mutaxassis BBCga bergan intervbyusida.
Fikrlar