Gvardiola: "Muhimi — g‘alaba emas, jamoaning rivojlanishi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Nyukasl"ga qarshi uchrashuv oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jamoaning oxirgi vaqtda sovrinlar yutishdagi imkoniyati haqida fikr bildirdi.
— Mavzu g‘alaba yoki sovrinlar olishda emas, balki jamoaning qanday rivojlanayotganida. O‘tgan mavsumda biz bitta dan ko‘p sovrin yutishga loyiq emasdik, chunki yaxshi o‘ynamadik. Biz bu yerdamizki, jamoa yaxshi o‘ynasin, — dedi Gvardiola "BBC"ga.
— Yaxshi o‘yindan quvonch olish — biz uchun muhim va muxlislar ular yaxshi vaqt o‘tkazganini aytishi kerak. Kelasi o‘yinda biz o‘zimiz qila oladigan eng yaxshi narsani amalga oshiramiz. Bu hamisha maqsadimiz bo‘lgan. Bu jarayonda bo‘lsangiz, oxirida titul lar uchun kurashasiz va ularni yutasiz, — deydi murabbiy.
Hozirda "Manchester Siti" Angliya chempionatida ikkinchi o‘rinda bormoqda va yetakchi "Arsenal"dan 6 ochko ortida qolgan.
Fikrlar