Gvardiola “Oltin to‘p” sohibi o‘rniga ikki futbolchi topib qo‘ydi

  • 1 dekabr, 2024, 22:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” og‘ir jarohat tufayli mavsumning qolgan qismini ham o‘tkazib yuboradigan Rodri o‘rniga boshqa o‘yinchi olishga qaror qildi.

Yaqinda bosh murabbiy Xosep Gvardiola jamoasining g‘alabasiz seriyasini o‘yinchi etishmayotgani bilan izohlagan edi.

Endi “shaharliklar” maydon markazini kuchaytirish uchun “Real Sosedad”ning 25 yoshli yarim himoyachisi Martin Subamendini nishonga oldi. Zaxira varianti sifatida “Atalan”da o‘yinchisi Ederson Silva tanlangan.

The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, har ikki nomzodni Xosep Gvardiolaning shaxsan  o‘zi tanlagan.

“Manchester Siti” bu transferni yanvar oyida amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!