Gvardiola o‘ynayotmagan yulduzni grand klub olib ketmoqchi

  • 29.01.2026 16:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Mateo Kovachich faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. 31 yoshli futbolchiga “Milan” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Pyetro Baltsanoning xabar berishicha, “Milan” mutasaddilari ehtimoliy yozgi transferni muhokama qilish uchun xorvat futbolchisi bilan aloqaga chiqqan.

Kovachich jarohat va turli boshqa sabablaraga ko‘ra, Xosep Gvardiola jamoasida joriy mavsum deyarli maydonda ko‘rinish bergani yo‘q. 31 yoshli futbolchi Yevropa Chempionlar ligasida 33 daqiqa, Angliya Premier-ligasida 4 daqiqa to‘p tepdi xolos.

Italiya klublari Kovachichning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. U ilgari 2013-2015 yillar davomida Milan shahrining boshqa klubi – “Inter”da faoliyat yuritgan. Keyinchalik “Real” va “Chelsi”da ham o‘ynagan.

“Manchester Siti”ga 2023 yili yozda olib kelingan Mateoning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunida tugaydi.

Transfermarkt portalida Mateo Kovachichning bahosi 15 million yevro ekani ko‘rsatilgan. Futbolchining o‘zi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun muhitni o‘zgartirishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!