Gvardiola pley-offga chiqish uchun imkoniyatlarini juda past baholadi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Real Madrid"ga qarshi bahsdan avval o‘z fikrlarini bildirib o‘tib, keyingi bosqichga yo‘l olish imkoniyatlarini past baholadi.
"Real"ni mag‘lub etishimizni ehtimoliy 1 % ga teng deb o‘ylayman. Shunday bo‘lsa ham kichik imkon bor ekan, undan foydalanishga esa harakat qilamiz. Shunga qaramasdan, men baribir o‘z futbolchilarimga ishonaman, ular bo‘lajak uchrashuvda yaxshi natija qayd eta olishadi.
Biroq, achinarlisi shundaki, biz bu mavsumda eng yaxshi natijaga erisha olmaymiz" - deya o‘z fikrini bildirib o‘tdi, ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Angliyada o‘tgan ikki klub o‘rtasidagi ilk bellashuv 3:2 hisobida madridliklar foydasiga yakunlangan edi. Javob bahsi esa 19 fevraldan 20 fevralga o‘tar kechasi soat bilan 01:00 da start oladi.



Fikrlar