Gvardiola PSJga qarshi javob o‘yinidan oldin nimalar dedi?

  • 3 may, 2021, 22:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola PSJga qarshi bo‘ladigan EChL yarim final javob bahsidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Biz Chempionlar ligasi finalida o‘ynash imkoniyatini qo‘ldan boy bermoqchi emasmiz. Agar biz bu o‘yinda ham o‘zimizdek bo‘lmasak, istagan narsa sodir bo‘lishi mumkin.

Bu katta jang va og‘ir o‘yin bo‘lishini futbolchilar tushunishi kerak. Ammo biz hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonamiz.

Jamoa finalga chiqishi mumkinligini unutmasligi kerak. Ertangi o‘yin ham xuddi 7 oy davomida o‘tkazgan o‘yinlarimizdan farq qilmaydi. Shunchaki, maydonga chiqish va o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozonishimiz kerak. Biz futbolchilardan ortiqcha narsa talab qilmaymiz. Bizda avval ham bunday qiyin o‘yinlar bo‘lgan”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Parijda bo‘lgan dastlabki o‘yin 1:2 hisobida “shaharliklar”ning g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Ushbu jamoalarning javob o‘yini 4 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!