
Gvardiola “Real” bilan uchrashuv oldidan xavotirga tushib qoldi
“Manchester Siti”ni qiyin sinov kutib turibdi. “Shaharliklar” Evropa Chempionlar ligasi pley-offining dastlabki uchrashuvida o‘z maydonida “Real”ga 2:2 hisobida yutqazib qo‘ygan.
19 fevral kuni tomonlar Madridda yana to‘qnash keladi.
Angliya Premer-ligasining 25-turi doirasida “Nyukasl”ga o‘tkazilgan uchrashuv davomida jamoaning eng zo‘r to‘purari Erling Xoland shikastlandi. Bosh murabbiy Xosep Gvardiola bu holatda hamma xavotirga tushganini ma’lum qildi.
- Xoland yiqilganida hammamiz qo‘rqib ketdik. Men shifokor bilan gaplashganim yo‘q. Balki, hammasi yomon emasdir, xavf ortda qolgandir.
Har holda Erling maydonni tabassum bilan tark etgani, shifokorimiz menga biror xunuk xabar etkazmaganidan kelib chiqib, Xoland salomat ekaniga umid qilamiz, - dedi Xose Gvardiola.
“Manchester Siti” futbolchilari “Nyukasl”ni 4:0 hisobida mag‘lub etib, Premer-liga musobaqa jadvalida to‘rtinchi o‘rindagi pozitsiyasini mustahkamlab oldi.
Fikrlar