Gvardiola “Real”ga qarshi hal qiluvchi o‘yin oldidan kutilmagan qaror qabul qildi

  • 16.03.2026 22:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Chempionlar ligasi 1/8 finali javob uchrashuvi oldidan “Real Madrid”ga qarshi o‘yindan avval jamoaning rejalashtirilgan mashg‘ulotini bekor qildi.

Bu haqida BBC xabar berdi.

Xabar qilinishicha, “shaharliklar” mashg‘uloti mahalliy vaqt bilan soat 15:00 ga belgilangan edi, ammo ispaniyalik mutaxassis futbolchilarga qo‘shimcha dam olish kuni berishga qaror qildi. Shu tariqa jamoa Yevropa turniridagi navbatdagi uchrashuv oldidan mashg‘ulot o‘tkazmadi.

17 martga belgilangan UEFA Chempionlar ligasidagi javob uchrashuvi Madrid klubining katta ustunligi sharoitida o‘tkaziladi. Birinchi o‘yindan keyin “Manchester Siti” 0:3 hisobida ortda qolmoqda.

Gvardiola bunga o‘xshash qarorni avval ham qabul qilgan. Noyabr oyida u Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Borussiya Dortmund”ga qarshi o‘yin oldidan ham mashg‘ulotni bekor qilgan edi. O‘sha o‘yinda ingliz klubi 4:1 hisobida g‘alaba qo‘zongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!