Gvardiola ser Aleks Fergyusondan zo‘r chiqib qoldi
Angliya Premer-ligasining 16-turida “Kristal Pelas” maydoniga safar uyushtirgan “Manchester Siti” futbolchilari raqib maydonida 3:0 hisobidagi g‘alabani nishonladi.
Bu ko‘rsatkich “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani APL tarixiga muhrladi. Ispaniyalik mutaxassis uchun bu Angliya chempionatida jamoasi uch yoki undan ortiq gol urgan o‘yinlardagi 150-g‘alaba bo‘ldi. Ushbu natijaga erishish uchun mutaxassis 358 ta o‘yin o‘tkazdi.
Shu tariqa, Gvardiola ilgari “Manchester Yunayted”ning afsonaviy murabbiyi ser Aleks Fergyusonga tegishli bo‘lgan rekordni yo‘qqa chiqadi. Fergyuson jamoasi o‘z davrida 149 ta uchrashuvda uchta va undan ko‘p gol urib, zafar quchgan edi. Buning uchunda ser Aleksga jami 522 ta o‘yin kerak bo‘lgan.
Gvardiola “Manchester Siti”ni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. Shu vaqt ichida mutaxassis klubni olti marta Angliya Premer-ligasi chempioniga aylantirgan.
Fikrlar