
Gvardiola shogirdini ortga qaytarmoqchi
2020 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qilib kelayotgan Leroy Sane APLga qaytishi mumkin. "Manchester Siti" uning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Kristian Falkning xabar berishicha, "shaharliklar" Sane va "Bavariya" rahbariyati o‘rtasidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Germaniyalik vinger 2025 yilning yozida tugaydigan shartnomasini hali uzaytirgani yo‘q.
"Manchester Siti" sobiq futbolchisining joriy mavsumdagi o‘yinlaridan hayratda va 2024 yilning yozida uning transferi uchun kurashmoqchi.
Joriy mavsumda Sane Bundesliganing 11 ta uchrashuvida qatnashib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar