Gvardiola shogirdining holati haqida gapirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Erling Holandning birinchi bo‘limdan keyin almashtirilganiga izoh berdi.
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand APLning 26-turidan o‘rin olgan "Fulxem"ga qarshi bahsning birinchi bo‘limidan so‘ng zahiraga olindi. Norvegiyalik futbolchi 39-daqiqada gol urib, tablodagi hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirgan edi. Tanaffusdan so‘ng uning o‘rniga Omar Marmush o‘yinni davom ettirdi. Ushbu holatga "shaharliklar" ustozi quyidagicha izoh berdi;
"O‘sha vaqtda hali shifokorlar bilan gaplashganim yo‘q edi. Erlingga nima bo‘lganini aniq bilmayman. Holsizlik, charchoq va shunga o‘xshash nimadir bor edi. U menga o‘zini noqulay his qilayotganini aytdi. Keyin unda o‘yinlar soni ko‘pligini, hisob 3:0 ekanini zahirada Marmush o‘tirganini hisobga olib uni maydondan olishga qaror qildim", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, "Manchester Siti" shanba kuni Angliya kubogi doirasida "Solford Siti"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar