
Gvardiola shu futbolchini olmasa bo‘lmaydi
“Manchester Siti” premer-ligada katta ustunlik bilan peshqadamlik qilayotganiga qaramay, yozda tarkibni sezilarli darajada kuchaytiradi. Manchesterliklarning yozgi transferlar vaqtidagi asosiy nishoni qaysi futbolchi ekani ham oshkor bo‘ldi.
Xosep Gvardiola “Aston Villa” etakchisi Jek Grilishni o‘z shogirdlari orasida ko‘rmoqchi. Ma’lum bo‘lishicha, “shaharliklar” Jek Grilishning “Aston Villa” bilan 2025 yilning yozigacha imzolangan yangi shartnomasida badal summasi qancha ekanini bilib qolgan va futbolchini olishga qaror qilgan.
Grilish “Aston Villa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2012 yildan beri klub sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan yildan boshlab, yarim himoyachi Angliya terma jamoasiga ham muntazam chaqirilmoqda.
25 yoshli futbolchi joriy mavsumda premer-ligada 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini olti marta ishg‘ol qildi va o‘n marotaba jamoadoshlariga golli pas uzatdi.
Fikrlar