
Gvardiola: Shu futbolchini olsak, Kevin de Bryuyneni unutamiz!
“Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etishini e’lon qilganidan keyin “shaharliklar” uning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi qidirishni jadallashtirib yubordi.
M’lumotlarga qaraganda, Xosep Gvardiolaga “Pari Sen-Jermen”da o‘ynayotgan Joau Nevesh nomzodi ma’qul kelgan.
“Benfika”dan Parijga olib kelingan portugaliyalik yosh futbolchi Luis Enrike qo‘l ostida PSJda muhim figuraga aylandi. Uning o‘yinni tashkil etish qobiliyati, yuqori jismoniy tayyorligi, taktik savodxonligi Gvardiolaning e’tiborini tortda va Neveshni Kevinga o‘rinbosar sifatida ko‘ra boshladi.
Parijliklar Joau Neveshni tarkibda saqlab qolishga harakat qiladi. Biroq angliyaliklar bu transferni katta summaga hal qilish mumkinligiga ishonmoqda. “Shaharliklar” 20 yoshli futbolchi uchun 100 million evro atrofida mablag‘ tikishga tayyor.
Fikrlar