
Gvardiola: “Siti” pul evaziga g‘alaba qozonmoqda
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning muvaffaqiyatlarida asosiy omil klub xo‘jayinlari tomonidan tikilayotgan mablag‘ ekanini tan oldi.
Mavsumni bo‘sh boshlagan “shaharliklar” keyinchalik ketma-ket 19 ta uchrashuvda zafar quchib, chempionlikka asosiy da’vogarga aylandi.
- O‘rtacha tarkib bilan faqat bitta sovringa ega bo‘lish mumkin. G‘alabalar davomli bo‘lishi uchun esa yuqori saviyali ijrochilar kerak. Bu katta xarajatlarni talab qiladi. Men bu vaziyatni shunday baholayman. Rosti ham shu. “Bavariya”, “Real”, “Manchester Yunayted”, “Yuventus”, “Milan”, “Seltik” yoki “Reynjers” boshqalardan ko‘p chempion bo‘lgani aynan ularning qolganlarga qaraganda puli ko‘pligi bilan bog‘liqdir, - dedi Gvardiola.
Fikrlar