Gvardiola "Siti" tarixidagi eng muhim voqea qaysiligini aytdi

  • 27 dekabr, 2019, 21:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “shaharliklar” tarixidagi eng muhim voqea qaysi ekanligini aytdi.

Tecno

“Bu klub tarixidagi eng muhim voqea bu jamoaga sovrin keltirgan 2012 yil Agueroning KPR darvozasiga urgan golidir. Bu xatto Chempionlar ligasidagi g‘oliblikdan ham muhimroq. Chunki bu bir mavsumda 4 ta sovrin yutgandan ham ahamiyatliroq edi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 2012 yilning 13 may kuni bo‘lib o‘tgan APLning so‘nggi turmda  KPRga qarshi maydonga tushgan “Siti”ni faqat g‘alaba qoniqtirar edi. Aks holda chempionlik MYu ga nasib etardi. O‘yinning so‘nggi daqiqasigacha “shaharliklar” 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishayotgan edi. Biroq, 92-daqiqada Edin Jeko hisobni tenglashtirdi, oradan 2 daqiqa o‘tib esa Aguero g‘alaba golini kiritdi va “Manchester Siti”ga oltin medallarni keltirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!