
Gvardiola: Tirikligimda men qilgan ishni hech kim uddalay olmaydi!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasi bilan erishgan tarixiy yutuqlarni yaqin o‘rtada hech qaysi klub takrorlash olmasligini ma’lum qildi.
- Angliya Premer-ligasidan hech bir klub 100 ochko jamg‘ara olmaydi va ketma-ket to‘rt marta mamlakat chempionligiga erishmaydi. Afsuski, men tirikligimda bu ishlarni uddalagaydigan hech kim yo‘q, - dedi Xosep Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Xosep Gvardiola qo‘l ostida jami olti marotaba Angliya chempionligiga sazovor bo‘lgan. Oxirgi to‘rt mavsumda “shaharliklar” chempionlikni hech kimga bermadi. Angliya Premer-ligasi tarixida bungacha ketma-ket to‘rt bor chempion bo‘lish hech kimga nasib qilmagan.
Bundan tashqari, 2017-2018 yilgi mavsumda ispaniyalik mutaxassis shogirdlari Angliya Premer-ligasida 100 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar