
Gvardiola Torresni "Siti"ga olib keladimi?
"Manchester Siti" klubi "Vilyarreal" himoyachisi Pau Torresga qiziqib qoldi. Bu haqda Superdeporte nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola 22 yoshli ispaniyalik futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq jamoaga olib kelmoqchi. U Torresni jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan Emerik Lyaport o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Ta’kidlash kerakki ushbu futbolchiga shuningdek "Barselona" ham qiziqmoqda.
Ma’lumot uchun, Torres joriy mavsum “Vilyarreal” safida jami 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar