
Gvardiola: Uzoq yurtlardan ikkita zo‘r o‘yinchi olib kelaman!
“Manchester Siti” mutasaddilari Argentina futboli tarbiyalanuvchilarini Evropaga jalb qilishni davom ettiradi.
Yaqinda “shaharliklar” iste’dodli hujumchi – “River Pleyt” to‘purari Xulian Alvaresni transfer qilgandi. Endi Xosep Gvardiola yana ikki futbolchining transferini ma’qullagani aytilmoqda.
Taniqlik jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, “Manchester Siti” rahbariyati “Boka Xuniors”ning ikki vakili – 17 yoshli himoyachi Valentin Barko va hujumchi Esekel Sebalosni nishonga olgan. Har ikki o‘yinchi uchun manchesterliklar 6,2 million evro to‘lavoqchi.
“Boka Xuniors” mutasaddilari esa, o‘z o‘yinchilarini “ko‘hna qit’a”ga qo‘yib yuborishga qarshi emas.
Fikrlar