
Gvardiola: Valverdening "Barselona"da qolganidan xursandman
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Barselona” ustozi Ernesto Valverde haqida gapirib o‘tdi.
“Do‘stligimizni inobatga olmay gapirganda, Valverde ajoyib murabbiy. Ernesto juda yaxshi ishlarni amalga oshirdi. U Chempionlar ligasida mag‘lub bo‘ldi, biroq bu hammada sodir bo‘lishi mumkin.
U ketma-ket ikki karra Ispaniya chempioni bo‘lgan va ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan jamoani boshqarmoqda. Uning jamoada qolishidan xursandman. “Barselona” o‘z uslubiga sodiq qolishda davom etmoqda”, - deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” rahbariyati Chempionlar ligasi va Ispaniya kubogidagi muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng Valverdeni iste’foga chiqarishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar