Gvardiola xato qilganini tan oldi

  • 16 yanvar, 13:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" joriy mavsumda qoniqarsiz natijalar qayd etmoqda. Klubning asosiy futbolchilari esa bir necha oydan buyon jarohatlar sabab maydonga tusha olishmayapti. APLning so‘nggi turida "shaharliklar" "Brentford" bilan 2:2 hisobida durang natijani qayd etdi. Shundan so‘ng ispaniyalik mutaxassis o‘tgan yozgi transferlar oynasida shaxsan o‘zi klubga yangi o‘yinchilarning transferini xohlamagani haqida gapirdi.

"Klub yozda mendan transferlar haqida so‘radi. Biroq, men hech kim bilan shartnoma imzolash kerak emasligini aytgan edim. Biroq, mavsum davomidagi jarohatlar tufayli qishda buni qilishimiz kerakligini tushunib etdim"- dedi 53 yoshli bosh murabbiy. 

Ma’lumot uchun, klub mutasaddilari qishgi transferlar oynasida hamyurtimiz Abduqodir Husanov, "Palmeyras"dan Vitor Reys hamda "Ayntraxt"dan Omar Marmush kabi futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!