Gvardiola: "Xohlasa Kanselu ashaddiy raqibimiz "Manchester Yunayted"ga o‘tsin! Uning qaerga o‘tishi bizni umuman qiziqtirmaydi"

  • 21 iyun, 2023, 15:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola futbolchi Joau Kanseluning jamoadan ketishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi. 

"Haqiqat shuki, biz u bilan gaplashib olgandik. Joau ketishga qaror qilgandi va biz ham unga qarshilik ko‘rsatmadik. 

Endi uning qaerga o‘tishi bizni umuman qiziqtirmaydi. Xohlasa Kanselu ashaddiy raqibimiz "Manchester Yunayted"ga o‘tsin! Bu biz uchun zarracha ahamiyatga ega emas", - dedi mutaxassis.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsum yarmida Kanselu "Bavariya" safiga borib qo‘shilgandi. Hozirda uning "Barselona" bilan muzokaralar olib borayotgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!