Gvardiola: "Xoland maydonda ko‘p o‘ynasa ham, bu normal holat"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Erling Holand maydonda juda ko‘p vaqt o‘tkazyaptimi, degan savolga javob berdi.
"Nega biz bu mavzularni yana bir bor muhokama qilamiz? Hech narsa o‘zgarmaydi. "Budyo-Glimt"ga qarshi o‘yinda bizda 11 nafar futbolchi yo‘q edi. "Aston Villada" ko‘p o‘yinchilar jarohatlangan, "Tottenxem"da ham shunday. Bu faqat bizga taalluqli emas. Jamoalar ko‘p uchrashuv o‘tkazmoqda. Holandning jismoniy imkoniyatlari bor va u bu yuklamani ko‘tara oladi", — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
Hozirda "Manchester Siti" Angliya Premier-ligasida ikkinchi o‘rinni egalab turibdi va Gvardiola jamoasi "Arsenal"dan 7 ochko orqada.
Fikrlar