
Gvardiola Xolandning safga qaytish muddati haqida ma’lumot berdi
Xosep Gvardiola Erling Xolandning jarohat tufayli 5-7 haftaga safdan chiqqanini ma’lum qildi.
Norvegiyalik futbolchi mavsumning qolgan qismini deyarli to‘liq o‘tkazib yuborishi kutilgan edi. Biroq, uning 15 iyundan 13 iyulgacha AQShda bo‘lib o‘tadigan klublar jahon chempionatiga qadar tuzalishi taxmin qilinmoqda.
- Joriy mavsumda yuz bergan barcha jarohatlarni hisobga olsak, futbolchilarimiz va Erlingga juda achinaman. Unga tezroq sog‘ayib, maydonga qaytishini tilayman.
- U qachon qaytishi mumkin?
- Shifokorlar menga besh haftadan etti haftagacha vaqt kerak bo‘lishini aytdi. Umid qilamanki, mavsum oxirigacha va klublar jahon chempionatiga qadar u tarkibda bo‘ladi, - dedi "Siti" bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, "shaharliklar"ning 24 yoshli hujumchisi Angliya kubogi 1/4 finalida "Bornmut"ga qarshi o‘yinda (2:1) chap to‘pig‘idan jarohat oldi.
Fikrlar