Gvardiolani eng ko‘p asabini buzgan futbolchi kim?
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloҳ ispaniyalik murabbiy Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti”ga qarshi Angliya Premier-ligasida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi.
Bu haqida Squawka statistik xizmati xabar berdi.
33 yoshli misrlik futbolchi ispaniyalik mutaxassis bosh murabbiylik qilgan uchrashuvlarda “shaharliklar” darvozasiga 18 ta uchrashuvda jami to‘qqizta gol urgan.
Ikkinchi o‘rinni “Lester Siti”ning sobiq hujumchisi Jeymi Vardi egalladi. Angliyalik forvard Gvardiola shogirdlariga qarshi 15 ta o‘yinda sakkizta to‘p kiritgan.
Keyingi o‘rinlarda “Manchester Siti” darvozasiga beshta dan gol urgan uch futbolchi qayd etilgan. Ular orasida Antoni Marsyal 12 ta, Markus Reşford va Son Hyun Min 16 talan uchrashuvda beshta dan golni nishonlagan.

Fikrlar