Gvardiolaning navbatdagi nishoni aniq bo‘ldi

  • 9 fevral, 15:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasi uchun yangi nomzodlar qidirishda davom etadi.

Qishda to‘rtta katta transferni amalga oshirgan “shaharliklar” endi yozgi xaridlarga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, ispaniyalik mutazassisga “Milan”da porlayotgan niderlandiyalik yarim himoyachi Tijani Reyndersning harakatlari ma’qul kelgan.

Reynders Italiya chempionatida o‘zining eng kuchli sifatlarini namoyish eta oldi. Mutaxassislar bu futbolchi raqib hujumini buzish va o‘z jamoasining o‘yinini tashkil qilishda juda samarali harakat qilayotganini ta’kidlashmoqda.

Xosep Gvardiola 2025 yilning qishki va yozgi transferlar davrida tarkibning katta qismini yangilashga qaror qilgan. Hozircha himoya markaziga Abduqodir Husanov va Vitor Reys olib kelindi. Hujum chizig‘i “Ayntraxt” to‘purari Umar Marmush orqali kuchaytirildi. Yarim himoyaga Niko Gonsales taklif etildi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, joriy masumning birinchi yarmidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin “shaharliklar” yozgi transferlar davrida ham bir necha pozitsiyaga iste’dodli o‘yinchilarni olib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!