Gvardiolaning shogirdi “Barsa”ni kuchaytiradi

  • 19 avgust, 2021, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva tez orada Ispaniya chempionatiga  ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Portugaliyalik futbolchiga primeraning ikki grand klubi – “Barselona” va “Atletiko” jiddiy qiziqmoqda. Kataloniyaliklar 27 yoshli yarim himoyachini “Barselona” o‘yinchilaridan biriga almashtirish taklifi bilan “shaharliklar”ga murojaat qildi.

Biroq, “Manchester Siti” rahbariyati Silvani to‘liq transfer qilishini bildirib, kataloniyaliklarning taklifini qabul qilmadi. Ular “Barsa” Silvaning transferini sotib olishini kutmoqda.  

“Atletiko” esa Bernardu Silvani olish uchun avval etakchi o‘yinchilaridan birini sotib yuborishi kerak bo‘ladi.  

Uch karra Angliya chempioni bo‘lgan Bernardu Silva ushbu mamlakatda qolishni istamayapti va Portugaliyaga yaqinroq bo‘lgan Ispaniyaga ko‘chib ketmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!