"H" guruhida qiziq holat ro‘y berdi. So‘nggi turda "Benfika" PSJni ortda qoldirib, guruh g‘olibligini qo‘lga kiritdi
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi yakuniga etdi. "H" guruhida esa qiziqarli holat yuz berdi.
PSJ va "Benfika" ochkolar, kiritgan hamda o‘tkazib yuborilgan gollar bo‘yicha bir xil ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu holat Chempionlar ligasi tarixida ilk bor kuzatildi.
Ushbu ikki jamoa 6 ta bellashuvdan keyin 14 ochko jamg‘ardi. Shuningdek, ular raqib darvozasiga 16 tadan to‘p kiritgan va o‘z darvozalaridan 7 tadan gol o‘tkazib yuborishgan.
Biroq qo‘shicha ko‘rsatkichlar bo‘yicha “Benfika” guruh g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, ular mehmonda kiritgan gollar evaziga parijliklarni ortda qoldirdi. PSJ safarda raqib darvozasiga 6 gol kiritgan bo‘lsa, portugaliyaliklar esa bu ishni 9 marotaba uddalashgan.
Fikrlar