Habib Nurmagomedov Pyotr Yan va Aldjameyn Sterling jangi borasida o‘z taxminlarini bildirdi

  • 24 avgust, 2021, 12:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn toifasining sobiq chempioni Habib Nurmagomedov o‘ta engil vaznning amaldagi chempioni Aldjameyn Sterling hamda rossiyalik Pyotr Yan o‘rtasidagi revansh jangi borasidagi o‘z taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Pyotr Yan hozir eng yuqori cho‘qqisida, u o‘zining vazn toifasida eng kuchligidir. O‘ylaymanki, Yan 30 oktyabr kuni g‘alaba qozonadi",-dedi Nurmagomedov.

Ma’lumki, joriy yilning 30 oktyabr kuni Abu-Dabida tashkil etiladigan, "UFC 267" turnirida ular o‘rtasida revansh jangi bo‘lib o‘tadi. Dastlabki to‘qnashuv 6 mart kuni "UFC 259" turniri doirasida bo‘lib, unda Yan taqiqlangan zarba yo‘llaganligi uchun jangdan chetlatilgan va g‘alaba bilan birgalikda chempionlik kamari ham Sterlingga topshirilgandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!