Habib Nurmagomedov Habi Alonso haqida: "Murabbiydan emas, injiq o'yinchilardan qutulish kerak"

  • 13.01.2026 18:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov ispaniyalik murabbiy Xabi Alonsoning "Real Madrid" klubidan isteʼfoga chiqarilishiga oʻz fikrlarini bildirdi.

"Agar sen zalga yoki maydonga kelsang, bu jangchilarmi yoki futbolchilarmi, farqi yoʻq, unda sen bosh murabbiy sifatida rulni boshqarasan. Ammo agar jamoangizda shunday muhit hukmron boʻlsaki, hamma ham sizning talablaringizni bajara olmasa, demak, sizning yoʻlingiz toʻgʻri emas.

Alonso zamonamizning eng yaxshi murabbiylari uchligiga kiradi, deb hisoblayman. Agar jamoa u bilan kelisha olmagan boʻlsa, murabbiyni emas, oʻyinchilarni almashtirish kerak. Shunchaki, "Real"da hech bir murabbiy bunday tarkibni eplay olmasligiga ishonchim komil. Injik oʻyinchilardan qutulish kerak", - deb yozdi Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Alonso 2025 yilning yozidan buyon jamoani boshqarib kelayotgan edi. "Real" ispaniyalik mutaxassis qoʻl ostida barcha musobaqalarda 34 ta oʻyin oʻtkazib, 24 ta gʻalaba, toʻrtta durang va oltita magʻlubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!