Habib va Konor do‘st bo‘lishganmi? Dana Uayt bu savolga javob berdi

  • 25 mart, 2024, 11:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC bosh direktori Dana Uayt Xabib Nurmagomedov va Konor MakGregor o‘rtasidagi qarama-qarshilik irlandiyalik yulduz engil vazn toifasiga o‘tishidan ancha oldin boshlanganiga aytdi.

"Ularning ko‘tarilishi bir vaqtning o‘zida sodir bo‘ldi. Odamlar "Ular do‘st bo‘lishgan" deyishadi, lekin hech qachon unday bo‘lmagan. To‘g‘ri, Habib va Konor bir-birini o‘zaro hurmat qiladi, lekin bu yigitlar juda yomon. Ikkalasi ham eng zo‘ri bo‘lishni xohlaydi. Ularning ikkisi ham g‘alaba qozonishni istaydi, ikkalasi ham hamma bilan kurashishga va tarixdagi eng yaxshi jangchi bo‘lish uchun hamma narsa qilishga tayyor.  Demakki, bunday insonlar o‘rtasida do‘stlikning bor bo‘lishi haqida gapirmasak ham bo‘laveradi”, – dedi Uayt "Games with Names" podkastida.

 Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov MakGregor bilan jangning to‘rtinchi raundida irlandiyalikni bo‘g‘ib qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!