Hakam Xolandni shikastladi
Evropa grandlari orzu qilayotgan Erling Xoland “Bavariya” qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda kutilmagan holatda jarohat oldi.
19 yoshli futbolchi uchrashuvni boshqarib borgan hakam Tobias Shtiler bilan to‘qnashuv natijasida shikastlangan. O‘yinning 69-daqiqasida maydon markazida orqaga yurayotgan hakam futbolchining oyog‘ini bosib oldi. Hujumchi og‘riq tufayli uni almashtirishlarini so‘ragan.
Xoland Bundesligada 11 ta uchrashuvda 10 ta gol urdi.

Fikrlar