Hakam va nazoratchilarimiz OChL va OFK Kubogining navbatdagi tur o‘yinlarida ishlaydilar

  • 4 dekabr, 2023, 15:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasining 6-turi bahslariga 4 nafar hakam va 4 nafar VAR vakilimiz, shuningdek, OFK Kubogi bahslariga 2 nafar nazoratchimiz tayinlov oldi. Bu xususida O‘zFHM matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bosh hakam Ilgiz Tantashev, yordamchi hakamlardan Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin, zaxira hakami Rustam Lutfullin, shuningdek, video assistentlarimiz orasidan Abdurashid Xudoyberganov, Aziz Asimov hamda Firdavs Norsafarov ushbu tur bahslarida ishlashi ko‘zda tutilgan.

Quyida ular boshqaradigan uchrashuvlar ma’lumotlari bilan tanishing:

Osiyo Chempionlar ligasi | «I» guruhi, 6-tur

«Johor Dorul Tazim» (Malayziya) – «Patum Yunayted» (Tailand)

12.12.2023 | 15:00

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin, Rustam Lutfullin.

VAR: Firdavs Norsafarov,  Abdurashid Xudoyberganov

------------------------------------------------

Osiyo Chempionlar ligasi | «J» guruhi, 6-tur

«Hanoy» (Vetnam) – «Urava Red Daymonds» (Yaponiya)

06.12.2023 | 17:00

Hakamlar: Aziz Asimov, Firdavs Norsafarov.

--------------------------------------------- 

OFK kubogi | Janubiy zona «D» guruhi, 6-tur

«Odisha» (Hindiston) – «Bashundhara Kings» (Hindiston)

11.12.2023 | 19:00

Nazoratchi: Vladislav Tseytlin

----------------------------------------------

OFK kubogi | G‘arbiy zona «A» guruhi, 6-tur

«Jabal al-Mukaber» (Falastin) – «Al-Ahad» (Livan)

06.12.2023

Nazoratchi: Valentin Kovalenko

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!