
Hakamlar va nazoratchilarni imtihon kutmoqda
16-18 hamda 19 iyul kunlari O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tomonidan Coca-cola Superligasi, Pro-liga, Birinchi liga va ayollar futboli hakamlari hamda nazoratchilar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkaziladi.
Yig‘in davomida 16-18 iyul kunlari hakamlar uchun jismoniy tayyorgarlik, o‘yin qoidalari bo‘yicha seminar hamda birinchi davradagi o‘yinlar tahlili amalga oshirilsa, 19 iyul kuni nazoratchilar o‘yin qoidalari imtihoni, video test va o‘yin qoidalari yuzasidan yozma imtihon topshirishlari ko‘zda tutilgan.
Ushbu o‘quv mashg‘ulotlarda umumiy hisobda 150 nafar hakam va nazoratchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Fikrlar