Hakamlarimiz ham JCh-2026 saralashidagi ishtirokini boshladi

  • 17 noyabr, 2023, 09:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2026 saralashining 1-turidan o‘rin olgan Filippin – Vetnam bahsida 3 nafar vakilimiz — Rustam Lutfullin (bosh hakam), Alisher Usmonov va Ruslan Serazitdinov (ikkisi yordamchi hakam) jalb etilgan edi. Ushbu uchrashuvda mehmonlar 0:2 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, shu tur doirasidagi Avstraliya – Bangladesh uchrashuvi uchun hakamlarimiz — Ahrol Risqullaev (bosh hakam), Sanjar Shoyusupov va Andrey Tsapenko (yordamchi hakamlar) tayinlov olgan edi. Ushbu uchrashuv mezbonlarning yirik — 7:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Rustam Lutfullin o‘yin davomida 5 bor, Ahrol Risqullaev esa 4 bor cho‘ntagidan sariq kartochka chiqardi.

O‘zFHM matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!