Hakamlarimizga VAR hamda AVAR tizimida ishlash bo‘yicha ko‘nikmalar tushuntiriladi
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tomonidan tashkil etiladigan o‘quv-seminarining dastlabki bosqichi joriy yilning noyabr-dekabr oylari davomida VAR va AVAR hakamligi hamda nazoratchilar uchun o‘quv-seminarlari bo‘lib o‘tadi. Unda hududiy futbol assotsiatsiyalardan taqdim etilgan nomzodlar ishtirok etishadi.
Bu bosqichda nomzodlarga VAR hamda AVAR tizimida ishlash bo‘yicha ko‘nikmalar tushuntiriladi. Keyingi bosqichda esa nomzodlar video-test orqali saralab olinadi. Uchinchi bosqichda hakamlar VAR simulyatorida amaliy mashqlarda ishtirok etishadi. Yakuniy bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan hakamlar hujjatlari VAR hamda AVAR hakami litsenziyasini olishlari "FIFA"ga taqdim etiladi.
Seminarlar 29-30 noyabr (birinchi bosqich), 14-15 dekabr (ikkinchi bosqich) hamda 2023 yilning yanvar oyi davomida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Manba: O‘zFHM matbuot xizmati.
Fikrlar