Hakim Fuzaylov: "Superligaga chiqish uchun kurash hali jiddiy bo‘ladi"

  • 04.10.2022 22:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Buxoro” – “Mash’al” (3:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiy Hakim Fuzaylov ishtirok etdi.

- Yigitlar o‘z ishini to‘g‘ri bajarishdi. Biz o‘ylagan rejalar o‘yin davomida to‘liq amalga oshdi. Shuning uchun yutdik. G‘alabamiz haqqoniy bo‘ldi. Chunki bizda ustunlik bo‘ldi. Pley-off endi boshlandi. Kurash davom etadi. Superligaga chiqish uchun kurash hali jiddiy bo‘ladi.

- Ikkita vaziyatda hakam penalti bermadi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Men hakamlar ishiga aralashmayman. Ularni nazorat qilib turadigan nazoratchilar bor.

- “Turon” bilan uchrashuvda ham hakamlar xatoga yo‘l qo‘ygandi...

- Endi bu tarixga aylandi va ortda qoldi. Keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. O‘ylaymanki, biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Yuqori o‘rinlardagi jamoalardan ortda qolayotganimiz uchun bizga natija juda muhim. Lekin yigitlar kurashishyapti, muhimi shu. O‘yindan ham, natijadan ham qoniqdim.

 - Bugun Iminovni yo‘qligi bilindimi?

- Ha, Iminov iqtidorli futbolchi. Uning yo‘qligi bilindi. Biroq bu jamoaviy o‘yin. Uni o‘rniga tushgan yigitlar yo‘qligini bilintirmadilar va men bundan xursandman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!