Hakimi "Atletiko"ga qarshi bo‘lajak uchrashuv oldidan nimalar dedi?
PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati haqida fikr bildirdi va parijliklarning maqsadi aniq ekanini ta’kidladi.
"Biz o‘z nomimizni futbol tarixiga yozdik va bundan juda mamnunmiz. Hozir butun e’tiborimizni Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga qaratganmiz. Maqsadimiz — oxirigacha etib borish va kubokni qo‘lga kiritish. Biz — Evropa chempionlari ekanimizni isbotlashni istaymiz.
O‘zimni yaxshi his qilyapman. Bu mavsumda o‘yinlar ham, parvozlar ham ko‘p bo‘ldi, ammo tiklanish borasida yaxshi ishlayapmiz. "Atletiko" kuchli jamoa va biz uch ochko olish uchun bor imkoniyatimizni ishga solishimiz kerak" — deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi marokashlik himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, 15 iyundan 16 iyunga o‘tar kechasi Luis Enrike boshchiligidagi parijliklar Diego Simeonening "Atletiko"si bilan to‘qnash keladi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar