Hakimi bilan ajrashish aktrisaga 3 million evroga tushdi

  • 18.04.2023 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

Sud PSJ klubi va Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimi hamda uning rafiqasi, aktrisa Xiba Abuk o‘rtasidagi mulk masalasidagi ish bo‘yicha qaror chiqardi, deb xabar bermoqda Insidesport.

Manbaga ko‘ra, Abuk futbolchiga daromadining uch million evro miqdoridagi qismini to‘lashi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, qiz marokashlikni sudga berib, undan umumiy mulk qiymatining yarmini, taxminan 70 million evro to‘lashni talab qilgan. Biroq, keyin ma’lum bo‘ldiki, Hakimiy hech narsaga ega emas va uning barcha mol-mulki onasining nomiga rasmiylashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abrorm
18/04/2023 12:41
Kallasi iwleydigan arab ekanda