Hakimi: "O‘ylashimcha, biz bu sovringa loyiq emasmiz"

  • 14 avgust, 17:57
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi qanot himoyachisi Ashraf Hakimi UEFA Superkubogi doirasida Londonning "Tottenxem" klubiga qarshi kechgan o‘yin yakuni bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Asosiy vaqtda o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida parijliklar ustun keldi - 4:3. O‘yin Italiyaning Udina shahridagi "Bluenerji" stadionida bo‘lib o‘tdi. 

Tecno

"O‘ylashimcha, biz bu sovringa loyiq emasmiz, chunki "Tottenxem" bilan oramizdagi farqni ko‘ra oldik. 80 daqiqa davomida o‘z futbolimizni ko‘rsatishga harakat qildik, ammo uzatmalarda xatolarga yo‘l qo‘ydik.

Omadimiz bor ekan, ikkita gol urib, penaltilar seriyasiga chiqdik. Lekin futbol shunaqa. Muxlislarimiz uchun juda xursandman, biz uchun esa bu har qanday holatda ham ajoyib lahza", - deya Hakimining so‘zlarini keltiradi Footmercato.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!