Hakimi o‘ziga zo‘r jamoa tanladi
PSJ o‘z tarkibiga yulduzlarni jalb qilishni davom ettirmoqda. Katta ehtimol bilan Maurisio Pochettinoning yangi shogirdi Ashraf Hakimi bo‘ladi.
Manbalarning xabar bericha, parijliklar marokashlik qanot himoyachisi uchun 60 million evro to‘lashga rozilik bergan. Bundan tashqari, yana 10 million evro bonus sifatida taqdim etiladi.
Ashraf Hakimi PSJ bilan besh yillik shartnoma imzolashga kelishib olgan. Himoyadagi mustahkam o‘yini va ettita goli bilan “Inter”ning Italiya chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan futbolchi kelasi hafta PSJ klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilyapti.
Fikrlar