Hamma ham gol urishni biladi!
Qatardagi jahon chempionatining guruh bosqichida ishtirokchilarning barchasi – 32 ta milliy terma jamoa vakillari raqib darvozasini ishg‘ol qilishni uddaladi.
Guruhdagi so‘nggi uchrashuvgacha Urugvay terma jamoasi gol urolmayotgan edi. Janubiy amerikaliklar Gana terma jamoasiga qarshi bashni 2:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi va Qatarni quruq tark etmaydigan bo‘ldi.
Dastlabki uchta uchrashuvda eng ko‘p to‘p kiritgan jamoalar – Angliya va Ispaniya bo‘ldi. Luis Enrike va Garet Sautgeyt shogirdlari to‘qqiztadan gol urgan.
Braziliya o‘z darvozasi daxlsizligini eng uzoq ushlab turgan jamoaga aylandi. Kamerun futbolchilari o‘yin yakunlanishi arafasida besh karra jahon chempionlarini bitta gol bilan mag‘lub etdi.
Fikrlar