Hammasi deyarli hal! "Bavariya" APL yulduzi bilan shartnoma imzoladi

  • 15 iyun, 2022, 14:12
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Vinger Sado Mane "Bavariya"ga o‘tish arafasida turibdi. 

Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, myunxenliklar senegallik futbolchi bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib oldi. 

"Bavariya" yaqin vaqtlar ichida "Liverpul"ga yangi taklif bilan chiqadi. Unga ko‘ra, Myunxen klubi 35+5 million evro miqdorda pul taklif qilish kutilmoqda. 

Joriy mavsumda 30 yoshli futbolchi jami 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol hamda 2 ta samarali uzatma muallifiga aylandi. 



Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!