Hamrobekov 56 daqiqa maydonda bo‘lgan bahsda “Traktor” durang qayd etdi
Eron chempionatining 15-turidan o‘rin olgan “Shamz Azar” va “Traktor” jamoalari o‘rtasidagi bahs 0:0 hisobida yakunlandi. Mazkur uchrashuvda mehmonlar safida asosiy tarkibda maydonga tushgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Odilbek Hamrobekov 56-daqiqada zahiraga olindi.
Shu tariqa, “Traktor”ning jamg‘argan ochkolari soni 22 tani tashkil etmoqda va jamoa turnir jadvalidа 4-o‘rinni egalab turibdi.
Fikrlar