Hamrobekov asosiyda tushgan bahsda “Traktor” Eron Superkubogi sohibiga aylandi

  • 11 avgust, 23:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron Superkubogidan o‘rin olgan "Traktor" - "Istiqlol" o‘rtasidagi bellashuvda "Traktor" klubi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 
 
Dastlab uchrashuvning 12-daqiqasida Ruzbex Cheshmi hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng ikkinchi bo‘limning 86-daqiqasida Xosseynzade Amirxosseyn hisobni tenglashtirdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib esa Tomislav Shtrkal gol urgan holda, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ushbu gollar esa klubga Superkubokni qo‘lga kiritishini ta’minladi. 
 
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz va "Bunyodkor"ning sobiq futbolchisi Odil Hamrobekov o‘yinni asosiy tarkibdan boshlagan edi. Terma jamoamiz a’zosi ham chempionlikka o‘z hissasini qo‘shga holda, yangi jamoasidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!