Hamyurtimiz kubalik bokschiga hech qanday imkon qoldirmadi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning chorak finalida 11 nafar bokschimizning janglari rejalashtirilgandi.
+92 kg da yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Arman Maxanov va kubalik Alexandro Lopez to‘qnashuvi nihoyasiga etdi. Barcha raundlar ishonchli harakat qilgan hamyurtimiz yakunda 5:0 hisobida zafar quchib, yarim finalga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir taniqli sportchimiz Hasanboy Do‘smatov va Meroj Sufijonov (Tojikiston) o‘rtasidagi bahs kutmoqda.
Fikrlar