Hamyurtimiz Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Yaponiya­ning Nomi shahrida engil atletikaning sportcha yurish yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rasulbek Dilmurodov bronza medaliga ega chiqdi.

Hamyurtimiz ushbu muvaffaqiyatga yarim marafon (21 km, 97 metr) dasturida erishdi. Dilmurodov Yaponiya va Xitoy sportchilaridan keyin 1 soat 25 daqiqa va 31 soniyada marraga yetib kelgan.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!