
Hamyurtimiz Tojikiston chempionatidagi debyut golini kiritdi
Bugun Tojikiston chempionatida 1-tur uchrashuvlari yakunlandi. Hamyurtimiz Nodirbek Ibragimov faoliyat olib boradigan "TsSKA-Pomir" jamoasi o‘z maydonida Ma’mur Ikromov, Sanjar Rixsiboev va Andrey Sidorovlar to‘p tepadigan "Xo‘jand"ni qabul qildi.
Qiziqarli va gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda mehmonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, "Xo‘jand" jamoasining ilk goliga aynan yurtdoshimiz Andrey Sidorov mualliflik qildi. Qayd etish joiz, o‘ziga xos o‘zbek derbisida har to‘rttala legionerimiz asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Tojikiston chempionati / 1-tur
"TsSKA-Pomir" (Dushanbe) - "Xo‘jand" (Xo‘jand) 1:3
Gollar: Andrey Sidorov, 45 (0:1), Xurshed Beknazarov, 63 (0:2), Shodibek G‘afforov, 76 (1:2), Manuchexr Ahmedov, 90+2 - penaltidan (1:3).
Fikrlar